TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 199 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 102 163 nafarni tashkil qilmoqda.
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (5), Andijon viloyatida (7), Buxoro viloyatida (5), Jizzax viloyatida (4), Qashqadaryo viloyatida (19), Navoiy viloyatida (3), Namangan viloyatida (6), Samarqand viloyatida (22), Sirdaryo viloyatida (5), Surxondaryo viloyatida (3), Farg‘ona viloyatida (3), Xorazm viloyatida (4), Toshkent viloyatida (3), Toshkent shahrida (110) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi
Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 98 129 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ayni paytda 3 335 nafar bemorga belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.
Vaksinatsiya
Respublikada jami 2 383 457 doza vaksinadan foydalanildi. Ulardan: 1-bosqich emlanganlar 1 488 169 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 882 078 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 13 210 nafarni tashkil qildi.
O‘lim holatlari
Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 699 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Dunyo salomatligi
Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 173,5 milliondan oshdi, 3,7 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,4 mln), Hindistonda (28,9 mln), Braziliyada (16,9 mln).