Karmana tumanidagi ohak sexida kuchli yong‘in yuz berdi – ishchi halok bo‘ldi

FVV Karmana tumani hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. FVV Karmana tumani hududida joylashgan ohak ishlab chiqarish sexida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Bugun, ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy viloyatidagi zavodlardan birida yong‘in sodir bo‘layotgani aks etgan xabarlar tarqaldi.
Ushbu holat kecha 7-iyun kuni taxminan soat 15:52da Navoiy viloyati Karmana tumani, “Bog‘ishamol” MFY hududidagi “Zarafshon Golden Groop” MChJga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida texnologik jarayonning buzilishi natijasida yong‘in kelib chiqqan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu hodisa oqibatida korxonaning bir nafar ishchisi voqea joyida halok bo‘lgan. Shuningdek, yong‘in joiyda bo‘lgan bir nafar FVV xodimi kuyish tan jarohati bilan RShTOIM Navoiy viloyati filialiga yotqizilgan.
Mazkur hodisa yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi zudlik bilan holat yuz bergan hududga yetib borgan va qisqa muddat ichida yong‘in bartaraf etilgan.