Fransiyada bir erkak Makronning yuziga tarsaki tushirdi - video

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Drom departamentiga tashrif buyurayotgan paytida bir kishi uning yuziga tarsaki tushirdi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Drom departamentiga tashrif buyurayotgan chog‘ida bir kishi uning yuziga tarsaki tushirdi‌‌.
Prezident xavfsizlik xodimlari zudlik bilan vaziyatga aralashib, niqobli erkakni qo‘lga olishdi.
BFMTV telekanalining xabar berishicha, Yelisey saroyi voqeani tasdiqladi va bu holat tarsaki emas, balki uni yetkazishga urinish ekanligini ta’kidlagan.
Politsiya ikki kishini qo‘lga oldi.