TOShKENT, 8-iyun — Sputnik. Andijon viloyati Andijon tumanida mast yuk avtomobil haydovchisi to‘xtab turgan avtomobillarni urib yubordi.
IIV YHXBB xabariga ko‘ra, hodisa 5-iyun kuni tumandagi Zavroq mahallasi hududidan o‘tgan avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. Gaz-5327 yuk avtomobili haydovchisi U.Z. harakatlanayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. So‘ngra “Pemco” avtomashinalarni ta’mirlash ustaxonasi oldida to‘xtab turgan "Matiz" hamda "Spark" avtomobillarini urib yuborgan.
Natijada hodisa joyida bo‘lgan fuqarolar N.Q., O.Z., X.E., A.M. va voyaga yetmagan M.I.lar jarohatlangan.
Haydovchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilganda u mast bo‘lgani aniqlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.