Rossiya O‘zbekiston pomidorining asosiy xaridori bo‘ldi

Yanvar-aprel oylari Rossiyaga 17,5 ming tonna pomidor eksport qilingan.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston 2021-yilning yanvar-aprel oylari davomida qiymati 23,6 mln dollarlik 30,8 ming tonna pomidor eksport qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Bu 2020-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 3,3 ming tonnaga ko‘p.
Rossiya O‘zbekistonning pomidorining asosiy xaridori bo‘lgan. 17,5 ming tonna pomidor aynan bu mamlakatga eksport qilingan.
Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston (9,6 ming tonna), Qirg‘iziston (2,9 ming tonna), Tojikiston (876,3 tonna) qayd etilgan.
Rossiya O‘zbekistonning 17ta korxonasidan pomidor importiga ruxsat berdi
Shuningdek, O‘zbekiston yanvar-aprel oylari Afg‘onistonga (12 tonna), Ukrainaga (5,4 tonna), BAAga (1,3 tonna) va Germaniyaga (0,4 tonna) pomidor eksport qilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston aprel oyida qiymati 7,9 mln dollarlik 10,3 ming tonna pomidor eksport qilgan.