TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-11 iyun kunlari Tojikistonga rasmiy tashrif bilan boradi.
Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Asadovning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muzokaralar tashrifning birinchi kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.
Tashrifning ikkinchi kunida Xo‘jand shahrida qator tadbirlar rejalashtirilgan.
Avvalroq Dushanbe shahrida O‘zbekiston bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzakov Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan oliy darajadagi tashrif chog‘ida imzolanishi rejalashtirilgan ikki tomonlama hujjatlar va hukumatlararo bitimlarni ishlab chiqishning borishini muhokama qilgan edi.