O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston - Singapur uchrashuvini bahraynlik FIFA referisi boshqaradi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyun — Sputnik. Bugun, 7-iyun kuni, O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh-2022 saralash bahslari doirasida Singapurga qarshi maydonga tushadi.
Saudiya Arabistonining “Qirol Fahd” stadionida bo‘lib o‘tadigan mazkur bahsni bahraynlik FIFA referisi Ali Hasan Abdulnabi Alsamahiji boshqarib boradi.
Unga qanotlarda hamurti Navof Shahin Musa hamda suriyalik Fadi Mahmud yordamlashib boradi. Zaxira hakami Muhammad Abdulla (BAA), hakamlar nazoratchisi Umar Musa Abu Lum (Iordaniya) bo‘ladi.
Milliy jamoaning Saudiya Arabistoniga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilindi
Uchrashuv komissari etib esa indoneziyalik Asep Saputra tayinlangan.
Ushbu o‘yinda o‘zbekistonlik futbolchilar oq-ko‘k-oq rangli sport formasida maydonga tushishadi. Darvozabon esa qora rangli libosni kiyadi.