Turkiyadagi Marmar dengizini shilimshiq suyuqlik qopladi
Istanbul janubidagi Marmar dengiz organik suyuqlik va mikroskopik suv o‘tlari qatlami bilan qoplandi.
Ekspertlarning so‘zlariga qaraganda, gel moddasini eslatuvchi modda suv tagida ham bor.
Shilimshiqdan baliqchilik va ekotizim jabr ko‘rmoqda.
U suvga kislorod kirish yo‘llarini yopib bilan ko‘plab suv jonzotlarining nobud bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
"Bilim-2" tadqiqot kemasi uch kundan beri dengizda va u yerda yana to‘rt kun bo‘ladi.
Olingan natijalar Turkiya Atrof-muhit vazirligiga tekshirish uchun jo‘natiladi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, suv yuzidagi bu shilimshiq suyuqlik tozalanmagan chiqindilarni dengizga tashlash va global isish fonida suv haroratining ko‘tarilishi tufayli yuzaga kelgan.
Olimlar ilgari ushbu hodisaning bunday keng tarqalishi kuzatilmaganini aytishmoqda
Dengiz suvida kislorod darajasi jiddiy pasaygan va zudlik bilan chora ko‘rishni talab qiladi.
Turkiya prezidenti Rajab Erdog‘an muammoning hal qilish yo‘lini topishga va’da berdi: "Dengizlarimizni qutqaramiz, ayniqsa Marmar dengizini bu shilimshiqlik balosidan", - dedi u.