TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston va Tojikiston qo‘shinlarni ikki mamlakat chegara chizig‘idan uzoqlashtirdi. Bu haqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmati matbuot xizmati xabar berdi.
“Qirg‘iziston va Tojikiston hukumatlarining qirg‘iz-tojik davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha muzokaralari yakunga ko‘ra tomonlarning qo‘shimcha kuch va vositalarini o‘zining doimiy joylashuv joyiga olib ketish yakunlandi”, - deya ma’lum qilgan idora vakili RIA Novostiga.
Ta’kidlanishicha, Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilidagi vaziyat barqaror. Tojik-qirg‘iz chegarasida joylashgan yerda chegara xizmati bo‘limlari kuchaytirilgan ravishda qo‘riqlamoqda.
Kuni kecha Qirg‘iziston va Tojikiston vakillari qo‘shinlarni qo‘shma chegaradan uzoqlashtirish hamda chegara postini mamlakatning 3 km ichkarisiga ko‘chirishga kelishib olgan edi.