TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan piyodani avtomobil urib ketdi. Bu haqda YHXBB matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 30-may kuni soat 01:00 larda shahardagi Islom Karimov va Nasaf ko‘chalari kesishgan chorrahada ro‘y bergan. “Nexia” haydovchisi R.B. belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida 25 yoshli piyoda B.O. tan jarohati bilan shifoxonaga murojaat qilgan.
YTH yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.