TOShKENT, 5-iyun — Sputnik. Rossiyada koronavirusga chalinib tuzalgan odamlar qon plazmasi asosida yaratilgan yangi antikovid dori ishlab chiqarish boshlandi, deb xabar qildi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
“Rossiyada yangi dorini ishlab chiqarish boshlangan. Ishlab chiqarish hajmini oshirish kerak, buning uchun albatta plazma kerak bo‘ladi. Bu kovidga qarshi immunoglobulin bo‘lib, u virusni neytrallashtirish imkonini beradi. Antikovid plazmadan ustunroq", — dedi Murashko Sankt-Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forum doirasida.
Vazir aytishiga ko‘ra, faqat bir xil preparat bilan davolash (monoterapiya) har doim ham kerakli natijani bermaydi. Shu sababli hozir shifokorlar kerakli kombinatsiyani tanlashmoqda. Biz yaqindja qon plazmasi va virusga qarshi preparatlar kombinatsiyasining natijalari haqida yangi ma’lumotlar oldik, dedi vazir.
Birz oldin Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining shtatdan tashqari bosh immunologi Sergey Avdeyev koronavirusni davolashda antikovid plazmadan foydalanish – unchalik samarali bo‘lmagan.