TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Tez orada yetti minga yaqin mehnat migrant, asosan O‘zbekiston fuqarolari Moskvaga keladi. Bu haqda Moskva hukumat vaziri, shahar iqtisodiy siyosati va rivojlanish bo‘limi boshlig‘i Kirill Purtov.
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida RIA Novosti muxbiri bilan suhbatda Purtov mart oyida O‘zbekistonda Moskvaning ko‘p tarmoqli migratsiya markazi vakolatxonasi ochilganini eslatdi. O‘zbekiston mehnat migrantlarini tashkillashtirilgan tanlov asosida ishga jalb qilish doirasida hamkorlikni boshlagan birinchi davlat hisoblanadi.
"Hozir 13ta kompaniya murojaati bo‘yicha - 6,8 ming migrantni, asosan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini olib kelish haqidagi arizalarni ma’qulladik", - dedi Moskva meriyasi vakili.
Chet elliklarning olib kelish Moskva idoralararo komissiyasining ma’qullashidan so‘ng amalga oshiriladi.