TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Tojikiston chegara kelishuvlarining buzilishi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston.
"OAVda e’lon qilingan Qirg‘iziston tomonining haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan rasmiy bayonotidan farqli o‘laroq, delimitatsiya va demarkatsiya bo‘yicha ikki mamlakat hukumatlararo komissiyasining ishi natijasida umumiy uzunligi 986,7 km, davlat chegarasi 519,9. km tasvirlangan", - deyilgan Tojikiston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi bayonotida.
Ta’kidlanishicha, shu munosabat bilan, hozirgi paytda Tojikiston chegara qo‘shinlarining chegara naradi tojik-qirg‘iz davlat chegarasining kelishilgan o‘tish chizig‘i bo‘ylab qo‘riqlamoqda. Ya’ni, chegara naradini qo‘yish bo‘yicha ushbu protokol kelishuviga asosan amalga oshirildi.
Ilgariroq Qirg‘iziston chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Tojikiston tomoni, sal avval qirg‘iz-tojik chegarasi delimitatsiya va demarkatsiyasi masalalari bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya tomonlari erishgan barcha kelishuvlarni buzgan holda 2021-yil 4-iyun kuni tungi 03.00da kelishilmagan chegara hududi O‘sh viloyati Chon-Alay tumani Unju-Buloq manzilida Qirg‘iziston Respublikasi hududiga ming metrgacha kirgan holda konteyner o‘rnatdi.
Tojikiston tomonidan "harbiy xizmatchilarning avtomobil va yengilzirhlangan texnikada chegaraga yaqin to‘planishi holati kuzatilmoqda".
Bishkek Dushanbeni deeslakatsiya bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni buzganlikda ayblagan.
"Tojikiston tomoni, ilgari erishilgan kelishuvlarni buzgan holda, vaziyatni o‘tkir tus oldirtirdi va qirg‘iz-tojik davlat chegarasidagi vaziyatni murakkablashtirdi, bu yaxshi qo‘shnichilik va do‘stona munosabatlarga mos kelmaydi", - dedi Qirg‘iziston hukumati vakili RIA Novostiga bergan intervyusida.
Tojikiston va Qirg‘iziston chegarasidagi vaziyat 28-aprel sanasida ziddiylashgan va ikki davlat fuqarolari o‘rtasidagi mojaro ikki davlat harbiylari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvga aylangandi.
O‘tkazilgan oliy darajadagi shoshilinch muzokaralar natijasida 3-may kuni to‘qnashuvlar to‘xtadi.
Otishma oqibatida Tojikistonning 19 nafar fuqarosi halok bo‘ldi, yana 87 nafari turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.
Qirg‘iz tomoni 36 nafar qurbon va 200 ga yaqin jarohatlanganlar haqida ma’lum qilgan.