TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Qirg‘iziston qurolli kuchlariga qarashli vertolot O‘sh viloyatining Olay tumanida favqulodda qo‘ndi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga asosan xabar qildi.
Vertolotda 15 kishi bo‘lgan, 4 kishi yengil jarohat oldi.
Xabarda aytilishicha, vertolotda MXDQ rahbari Qamchibek Tashiyev bo‘lmagan.