TOShKENT, 4-iyun — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlarini pullik emlash tizimini ishlab chiqish to‘g‘risida hukumatga topshiriq berdi. Vazirlar Mahkamasi oy oxirigacha ushbu masalani hal qilishi kerak.
Prezident Rossiya chet elliklarning mamlakatga kelib, emlanishi uchun imkoniyat yaratishi mumkinligini ta’kidladi.
"Mahalliy farmatsevtika sanoati vaksinalar ishlab chiqarishni yanada ko‘paytirishga tayyor. Biz nafaqat o‘z ehtiyojlarimizni to‘liq qondiramiz, balki chet elliklarning Rossiyaga kelib, bu yeerda emlanishi uchun ham imkoniyat yaratib bera olamiz", - dedi Rossiya yetakchisi.