TOShKENT, 4-iyun - Sputnik. Facebook kompaniyasi o‘ziga tegishli ijtimoiy tarmoqda xabar e’lon qiladigan siyosiy arboblarni imtiyozlardan mahrum qilmoqchi, deb xabar beradi Verge.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Facebook juma kuni e’lon qilmoqchi bo‘lgan o‘zgarishlar AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning akkauntini bloklash to‘g‘risidagi qaror bilan bog‘liq. Ushbu qaror nazorat bo‘yicha kengash (kontent bo‘yicha eng munozarali qarorlarini qayta ko‘rib chiqish uchun kompaniya tomonidan moliyalashtiriladigan mustaqil guruh) tomonidan qabul qilingan.
Nazorat organi Facebookning siyosatchilarga alohida munosabatini tanqid qilib, "barcha foydalanuvchilarga bir xil qoidalar tatbiq etilishi lozim", deya bayonot qilgan.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp afroamerikalik Jorj Floydning o‘ldirilishi hodisasidan so‘ng Facebookni provokatsiyalar maqsadida foydalangach, ijtimoiy tarmoqning aralashmaslik siyosati foydalanuvchilar tanqidiga uchragan.
Kengash tegishli tavsiyalarga javob uchun Facebookka 5-iyunga qadar vaqt bergan.