Moskvaga yetishmayotgan migrantlar soni aytildi

Rossiya poytaxtida mehnat resurslari bilan bog‘liq muammo tobora jiddiylashib bormoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyun — Sputnik. Moskvaga 300 ming nafarga yaqin mehnat migrantlari yetishmayapti. Bu haqda Moskva merining iqtisodiyot siyosati masalalar va mol-mulk yer aloqalari bo‘yicha o‘rinbosari Vladimir Yefimov ma’lum qildi.
Peterburgdagi xalqaro iqtisodiy forumda u RIA Novostiga qurilish sohasida mehnat resurslari bilan bog‘liq muammo tobora jiddiylashib borayotganini bildirdi.
“Odatda shahrimizda bir million atrofida mehnat migrantlari ishlaydi, bugungi kunda esa ular soni 700 ming atrofida, ya’ni taxminan 300 ming kishi iqtisodda yetishmayapti”, - dedi Vladimir Yefimov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya poytaxtida asta-sekin patent rasmiylashtirishga borayotgan migrantlar ko‘paymoqda. Biroq bu inqirozga qadar davridagidek kam.
“Biz hozir kuniga Moskvada ishla uchun kelayotgan 600-700 kishini qayd etmoqdamiz”, - dedi mer o‘rinbosari.
Yefimov mehnat migrantlarining mamlakatga kirishiga oid mavjud cheklovlarni keragidan ortiq deb hisoblaydi.
Migrantlar uchun nimalar o‘zgaradi? RF IIV asosiy takliflari
“Umid qilamizki, yaqin orada bu mexanizmlar soddalashtiriladi”, - dedi u.
O‘zbekiston tomonining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, bugun 1,7 mln o‘zbekistonlik chet elda, asosan, Rossiya va Qozog‘istonda mehnat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaga ishlash maqsadida kelayotgan o‘zbekistonliklar soni 42 foizga kamaygani xabar qilingan edi.