Xorijlik abituriyent Rossiya oliygohiga mamlakatdan chiqmasdan qanday o‘qishga kirishi mumkin

Sputnik qanday qilib mikro, nanoelektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha Rossiyaning yetakchi oliygohlaridan birining talabasi bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. “Moskva elektron texnika instituti” milliy tadqiqot universiteti (MIET) o‘zbekistonlik talabalarni qabul qilishini e’lon qildi.
Rossiya oliygohiga o‘qishga kirish uchun dastlabki kirish sinovlarini Toshkentdagi Rossiya ilm-fan va madaniyat markazida 14-iyundan 16-iyungacha topshirish mumkin. Bu haqda oliygoh matbuot xizmati xabar berdi.
MEIT mikro, nanoelektronika, telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassis tayyorlash bo‘yicha yetakchilardan biri sanaladi.

“Kirish sinovlari ham abituriyentning bevosita ishtiroki, ham masofaviy shaklda bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan yoz oyida Rossiyaga kela olmaydiganlarning o‘z davlatini tark etmasdan, sinovlarni topshirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, o‘qituvchilarimiz Toshkentda 10-sinf o‘quvchilari uchun mahorat darsi o‘tishadi va fizikadan imtihon topshirayotgan 11-sinf o‘quvchilariga maslahatlar berishadi”, - dedi MIET qabul komissiyasining eksperti Vlada Bikova.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yil abituriyentlar hujjatlarini birdaniga beshta yo‘nalishga topshirishlari mumkin.
“Budjet asosida tanlovda ishtirok etish uchun O‘zbekiston fuqarolari vatandosh maqomini tasdiqlashlari kerak. Eng osoni – bu SSSRda tug‘ilgan ota-onaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi, va qarindoshchilikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish. Shundan so‘ng O‘zbekiston fuqarolari tanlovda budjet asosida kirish sinovlari yoki YeGE yakunlariga ko‘ra qatnashishlari mumkin”, - deya qayd etdi u.
Bikovaning ta’kidiga ko‘ra, 2020-yilda MIETga budjet asosida o‘qishga qabul qilingan abituriyentlarning uchta fandan kirish sinovlarining o‘rtacha balli 240 bo‘lgan.
“O‘qishga kirish haqida barvaqtroq o‘ylansa, Rossiya OTMlarida o‘qish uchun kvota olib, bu imkoniyatdan foydalanish mumkin. MIETga kvota bilan o‘qishga kirish uchun oliygohimizda bo‘lgan yo‘nalishni tanlash, MIETni birinchi ustuvor sifatida tanlash va o‘z mamlakatida saralash sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tmoq zarur. Agarda pulli ta’lim olish xohishi va imkoniyati bo‘lsa, yo‘nalishni tanlash mumkin. Unda uchta fan o‘rniga faqat ikki fandan imtihon topshiriladi”, - deya qo‘shimcha qildi ekspert.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda muntazam ravishda MIETning Fizika-matematika olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Olimpiada g‘oliblari va sovrindorlari universitetga kirishda qo‘shimcha o‘n ballga ega bo‘lishadi. Shuningdek, o‘qishga kirish sinovlarisiz qabul bo‘lish huquqini beradigan “Fiztex” olimpiadasi finaliga chiqishadi.
Bugungi kunda MIETda 4 500 ming kishi, jumladan, dunyoning 30 mamlakatidan bo‘lgan 300 nafar xorijlik talaba va aspirantlar tahsil oladi. Shulardan 27 nafari O‘zbekistondan.
Studenti iz Uzbekistana na meropriyatii dlya inostrannix studentov Bez granis
MIETning xalqaro faoliyat va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dmitriy Kovalenko xorijlik talabalarning moslashuvi oliygoh uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.

“Bizda tahsil olayotgan chet ellik talabalar ta’lim va ilmiy jihatdan o‘zlarini yaqqol namoyish etishmoqda, talabalar birlashmalarida faol ishtirok etishadi. O‘zbekistondan bo‘lgan talabalar ko‘pincha rus tilini a’lo daraja bilishlari bilan ajralib turishadi, bu, shubhasiz, ularga birinchi kursda asosiy fanlarni yaxshi o‘zlashtirish va ta’lim jarayoniga qo‘shilib ketishlariga imkon beradi”, - deydi Kovalenko.

Prorektorning so‘zlariga qaraganda, Xalqaro munosabatlar bo‘limi va Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi boshqa mamlakatdan kelganlarga har tomonlama ko‘mak beradi. Shuning uchun oliygohda chet ellik talabalar o‘zlarini o‘z uylaridek qulay va xavfsiz his qilishadi.
Toshkentdan Moskvaga o‘qishga kelgan talaba Grigoriy Barsov Xorijiy talabalar assotsiatsiyasining rahbari hisoblanadi. U MIETning bakalavriatida “Amaliy informatika” yo‘nalishida ikkinchi kursda tahsi oladi.
“Mart oyida Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi rahbari lavozimiga tanlov e’lon qilindi. Men bu o‘zimni ko‘rsatish va oliygohga naf keltirish uchun yaxshi imkoniyat ekanini angladim. Men universitetda baddi-volontorlikni joriy etishni taklif qildim. Bu xorijlik talabalarga yangi muhitda o‘zini dalil va qulay his qilishlari uchun yordam beradigan loyihalardan biri”, - dedi Barsov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijliklar duch keladigan asosiy muammo bu tildir. Shu bois boshqa mamlakatdan kelgan har bir birinchi kurs talabasiga xohishiga ko‘ra volontor talaba biriktiriladi va u OTMda va Moskva hayot tarziga moslashishga ko‘maklashadi.
Grigoriy Barsov, MIET Uzbekistan
MIET 80 dan ziyod bakalavriat, mutaxassislik va magistratura dasturlari va 16 ta aspirantura dasturlarini amalga oshiradi. O‘zbekistonlik talabalar orasida eng ommabop tayyorlash va mutaxassislik yo‘nalishlari bu “Biotexnika tizimlari va texnikalari”, “Elektronika va nanoelektronika”, “Materialshunosli va materillar texnologiyasi” va “Loyihaviy muhandislik”dir.
Ikkichi kurs talabasi Barsovning ta’kidlashicha, ta’lim olish jarayonida unga ko‘proq ijtimoiy va texnik kompetensiyalar uyg‘unligi ma’qul.
“Men “Amaliy informatika” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga kirdim. Bizga dasturlash, axborot tizimlarini yaratish ham IT‑loyihalarni boshqarishni o‘rgatishadi. Ta’limda menga ko‘proq ijtimoiy va texnik kompetensiyalar uyg‘unligi yoqadi. Masalan, bizda matematika va dasturlash hamda menejment, marketing va iqtisod asoslari fanlari bor. OTMni yakunlagandan so‘ng biz ham dasturchi, ham jamoaning timlideri, ham menejer bo‘la olamiz... Bu kasblar menga qiziq”, - deya hikoya qiladi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, MIETda o‘qishdan tashqari ishlar ham faol rivojlangan.
“Universitetimizda o‘qishdan tashqari ishlarning turli variantlari ham mavjud: kasaba uyushmasi maktabi, talabalar kengashi maktabi, volontorlik korpusi, Xorijiy talabalar assotsiatsiyasi, teatr, KVN.. Talabalar tashkilotlari birinchi kurs talabariga bugungi kunda ham ishda, ham hayotda ko‘p e’tibor berilayotgan soft-skills ko‘nikmalarini rivojlantirishda yordam berishadi”, - deydi Barsov.
Kampus NIU MIET
Shuningdek, bu yil MIETda Karyera va tadbirkorlini rivojlantirish markazi ochilgan. U OTM talabalari va bitiruvchilariga rezume tuzish va ish topishga ko‘maklashadi.
Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasi bitiruvchilari yetakchi Rossiya va chet el kompaniyalarida ishlashadi: Microsoft, Intel, Synopsys, Cadence, Google, IBM, National Instruments, Samsung, Hewlett-Packard, "Gazprom neft", "Sberbank", "Yandeks", "Laboratoriya Kasperskogo" va boshqalar.
MIET Rossiya oliygohlari orasida 16-o‘rinda va Times Higher Education BRICS & Emerging Economies 2021 reytingida dunyoda 201-o‘rinda. Superjob ish izlash va xodimlarni tanlash IT-xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, MIETni 2015-2019 yillarda tamomlangan va IT sohasida mehnat qilayotgan bitiruvchilarning o‘rtacha maoshi 105 ming rublni tashkil etadi.
Leksionnaya auditoriya NIU MIET