Toshkentda taksichilar bedarak yo‘qolgan odamlarni qidirishda yordam beradi

Yandex Go UzAlert ko‘ngillilariga bedarak yo‘qolgan odamlarni izlashda yordam beradi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. UzAlert qidiruv otradi Yandex Go xizmati bilan hamkorlik o‘rnatdi. Haydovchilarning ilovalariga bedarak yo‘qolgan va Toshkentda ko‘ngillilar tomonidan qidirilayotgan shaxslar haqidagi xabarlar muntazam kelib tushadi. Haydovchi qidirilayotgan shaxsga o‘xshagan odamni ko‘rib qolsa, u darhol qidiruv otradiga aloqaga chiqishi mumkin bo‘ladi.
Rabota poiskovo-spasatelnogo otrada UzAlert
“Biz doimiy ravishda bedarak yo‘qolganlar qidirilayotganligi haqida e’lon beramiz: aksariyat hollarda bu qariyalar, ba’zan esa bolalar bo‘lishi mumkin. Taksi haydovchilari shahar bo‘ylab yurganda ko‘plab odamlarga ko‘zi tushadi. Va ko‘z oldilarida yo‘qolganlarning suratlari bo‘lsa, qidiruv muvaffaqiyatli bo‘lish ehtimoli ortadi. Endi bunday imkoniyat mavjudligidan xursandmiz”, - deydi UzAlert vakili Alina Valiyeva.
Bedarak yo‘qolgan shaxs to‘g‘risidagi xabarda “Xabarnoma” (oriyentirovka) tugmasi bo‘lib, uni bosganda yo‘qolgan odam surati, alohida belgilari, uni oxirgi marta ko‘rishgan taxminiy joy, shuningdek qidiruv guruhi bilan bog‘lanish uchun telefon raqamini ko‘rish mumkin.
O‘zbekistonda bugundan sug‘urtasiz haydovchilar mashinasi jarima maydoniga olib ketilmaydi
“UzAlert bilan hamkorlik o‘rnatishdan avval haydovchilar ilovasida so‘rovnoma o‘tkazdik: haydovchilar ular yurayotgan joy yaqinida yo‘qolgan shaxslar haqida ma’lumot olishga tayyor-tayyor emasliklarini so‘radik. Ularning aksariyati rozi bo‘ldi. Shundan so‘ng biz ularga loyihada ishtirok etish uchun taklifnoma va Toshkent bo‘yicha ilk oriyentirovkalarni yubordik”, — deydi Yandex Go mutasaddilari.
UzAlert - O‘zbekistondagi bedarak yo‘qolganlarni qidirishga ko‘mak beruvchi yagona ko‘ngillilar guruhidir. Har kim yordam so‘rab otradga murojaat qilishi mumkin. Otrad 2020-yil 10-dekabr kuni tashkil etilgan. Bugungi kunda unga 5000 dan ortiq kishi qo‘shildi.
Rabota poiskovo-spasatelnogo otrada UzAlert