Toshkent yerusti metrosida harakat tezligi cheklanadi

Havo harorati ko‘tarilgani sabab Toshkent yerusti metrosida poyezdlar harakat tezligi cheklanadi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Toshkentda kuzatilayotgan issiq havo sabab yer ustida harakatlanuvchi metro poyezdlari tezligi cheklanadi. Bu haqda "Toshkent metropoliteni" axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar Toshkent yerusti halqa yo‘lida soat 18:00 gacha chegaralangan tezlik (30—35 kilometr/soat)da harakatlanadi.
Toshkent metrosining ish vaqti 2 soatga qisqartiriladi
Kompaniya ushbu cheklov necha kun davom etishi va kunning qaysi vaqtidan boshlab amal qilishiga ochiqlik kiritmagan.