Qozog‘iston prezidenti Abdulla Aripovni II darajali “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

O‘zbekiston bosh vaziri ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun bu mukofotga loyiq ko‘rilgan.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovni II darajali “Do‘stlik” (“Dostik”) ordeni mukofotladi. Bu haqda Oqo‘rda matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Aripov ikki mamlakat munosabatlarini rivojlantirish va do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun bu mukofotga loyiq ko‘rilgan.
1 / 4
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev prinyal Premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova
2 / 4
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev prinyal Premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova
3 / 4
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev prinyal Premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova
4 / 4
Prezident Kazaxstana Kasim-Jomart Tokayev prinyal Premyer-ministra Uzbekistana Abdullu Aripova
Qozog‘iston yetakchisi Nursultonda Abdulla Aripovni qabul qilib, ikki tomonlama hamkorlik holatiga ijobiy baho bergan.
“Biz qardosh qo‘shnimiz O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor beramiz. Bu Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlashning muhim omili deb hisoblaymiz”, - dedi Toqayev.
O‘z navbatida Abdulla Aripov uchrashish imkoniyati berilgani uchun minnatdorchilik bildirdi va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy tilaklarini yetkazdi.
Bosh vazir ikki davlat rahbarlari tomonidan yaqin yillarda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘yilganini eslatdi va bunga erishishga qat’iy qaror qilingani ta’kidladi.
“Mamlakatlarimiz hukumatlari bu maqsadlarga erishishga qat’iy qaror qilgan”, - dedi Aripov.
Abdulla Aripov 60 yoshda!
“Do‘stlik” ordeni Qozog‘iston Respublikasining oliy davlat mukofoti bo‘lib, chet el davlatlari fuqarolariga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, xalqlar o‘rtasida tinchlik, do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.