Paxta va kungaboqar yog‘i: hukumat qaroriga o‘zgartirish kiritildi

Hukumat qarori bilan "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
Sputnik
TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. Hukumat qarori bilan "Mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorga o‘zgartirish kiritildi.
Unga ko‘ra, davlat xaridlaridagi ishtiroki vaqtinchalik taqiqlangan va chegaralangan xorijda ishlab chiqarilgan tovarlar, shuningdek, xorijiy shaxslar tomonidan bajariladigan ishlarning (xizmatlarning) ro‘yxatidan quyidagilar chiqarib tashlandi:
- Soya, araxis, zaytun yog‘i (TIF TN kodlari: 1507101000, 1507901000, 1508101000, 1509101000, 1509900000);
- Kungaboqar yog‘i (TIF TN kodlari: 1512111000, 1512191000, 1512199002);
- Paxta yog‘i (TIF TN kodlari: 1512211000, 1512291000).