TOShKENT, 2-iyun — Sputnik. 1 iyundan boshlab Toshkent botanika bog‘i tashrif buyuruvchilar uchun “xavfsiz hudud” deb e’lon qilindi. Bu haqda bog‘ ma’muriyati xabar qildi.
Endi bog‘ hududida velosiped, samokat va skuterlarda harakatlanish taqiqlanadi.
Ta’kidlanishicha, qaror yosh bolalar, keksalar va boshqa tashrif buyuruvchilarga qulayliklar yaratish uchun qabul qilingan.