Shimoliy dengiz yo‘li nega Suvaysh kanaliga qaraganda foydaliroq

Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Shimoliy dengiz yo‘li Suvaysh kanali oldida muayan ustunliklarga ega. Ularni Rossiya TIV o‘ta muhim topshiriqlar bo‘yicha elchisi, Arktika kengashining katta lavozimdori Nikolay Korchunov RIA Novostiga bergan intervyusida sanab o‘tdi.
Diplomat Suvaysh kanalida mart oyida “Ever Given” konteyner tashuvchi kemasi bilan ro‘y bergan hodisa global transport muqobillarini rivojlantirish, yetkazib berish yo‘llarini o‘zgartirish zarurligini namoyish etgani hamda amaldagi dengiz yo‘laklari kamchiliklarini ko‘rsatganini eslatdi.
“Shimoliy dengiz yo‘li Suvaysh kanali orqali o‘tgan transport yo‘lidan 40 foizga qisqaroq va qator ustunliklarga, jumladan, siyosiy ustunliklarga ham egadir. Uning g‘oyat qisqaligi nafaqat vaqtni, balki yoqilg‘i xarajatini ham qisqartirishga imkon beradi. Bu atrof-muhitga yetkazilayotgan antropogen og‘irlikni kamaytirishga ko‘maklashadi”, - deydi Nikolay Korchunov.
Shuningdek, elchi Rossiya so‘nggi paytlarda Shimoliy dengiz yo‘li orqali tashilayotgan yuklar hajmining o‘sishi va kemalar qatnovi rivojlayotganini kuzatayotganini qo‘shimcha qildi. Agentlik suhbatdoshi bu shimoliy hududlar rivojlanishi hamda sayyohlik va savdo sohasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Bu o‘z o‘rnida Arktika aholisi, jumladan, mahalliy xalqlar turmushining yaxshilanishiga ko‘maklashadi.
Kema Suvaysh kanalini "ko‘mib yubordi". Rossiya dunyo uchun yangi yo‘lni topdi
Shimoliy dengiz yo‘li trassasining Kara darvoza bo‘g‘ozidan (ruscha - Karskie Vorota) Providenie ko‘rfazigacha uzunligi 5,6 ming kilometrdan ziyodni tashkil etadi. Unga tutash daryo yo‘llari uzunligi taxminan 37 ming kilometrni tashkil etadi.
Yaponiyaning “Shoei Kisen” kompaniyasiga tegishli va Tayvanning “Evergreen Marine Corporation” boshqaruvida bo‘lgan “Ever Given” konteyner tashuvchi kemasi Xitoydan Gollandiyaga suzib ketayotib, 23-mart kuni harakati davomida Suvaysh kanalida sayozlikda o‘tirib qoldi.
Natijada bu transport yo‘lagida 400 dan ziyod kema to‘planib qoldi. 29-mart kuni kemani sayozlik olib chiqishga erishildi.