Qora va urug‘siz: O‘zbekistonda yangi tarvuz navi yetishtirildi

Tarvuzning yangi “Style” navi rossiyalik xaridorlarning tavsiyasi bilan yetishtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 iyun — Sputnik. Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida urug‘siz qora tarvuz yetishtirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.
Fermer Ulug‘bek Jumanazarovning so‘zlariga ko‘ra, tarvuzning yangi “Style” navi rossiyalik xaridorlarning tavsiyasi bilan yetishtirilgan.
Lalmi yerlarda qurilgan issiqxonalarda parvarishlangan tarvuzlar eksportga mo‘ljallangan. Uning hosili may oyida tayyor bo‘ladi.