O‘zbekistonga "Sputnik V" 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi

Respublikaga "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Kuni kecha Rossiyadan "Sputnik V" vaksinasining navbatdagi 70 ming dozalik 1-komponenti olib kelindi.
Aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgandi (50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent).
Rossiyskaya vaksina "Sputnik V"
Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida: AstraZenecaning — 660 ming doza, ZF-UZ-VAC2001ning: 27-martda — 1 million doza, 27-aprelda — 1 million doza, 18-mayda — 1 million doza, 19-mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.
O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz, respublikada kovidga qarshi emlanadiganlar ro‘yxati kengaytirildi. 31-maydan ro‘yxatga chet elga o‘qishga boradigan talabalar, jurnalistlar, blogerlar, yozuvchilar kiritildi.