TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bugun, 1-iyun kuni Quyoshdan ajralgan plazma buluti Yerga yetib keladi. Bu haqda spaceweather.com sayti ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, 28-may kuni Quyoshdan bulut ajralib chiqdi. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi 25 Quyosh siklida qayd etilgan eng yorqin va tezkor kosmik hodisa.
Quyosh atmosferasidan kuchli plazma ajralib chiqdi, bezovta bo‘lishga hojati yo‘q - Yerga faqat bulutning tashqi tomoni yetib boradi.
Yer uchun hech qanday xavf yo‘q. Aksincha, qutb kengliklarida istiqomat qiluvchi aholi "ajoiyb yorug‘lik shousini" tomosha qilishi mumkin.
Tadqiqotchilar, shuningdek, geomagnit bo‘ronlar haqida ogohlantirdilar, ammo ular unchalik kuchli bo‘lmaydi.