Andijon – O‘sh: bugundan mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi

Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyun — Sputnik. Bugun, 1-iyun sanasidan Andijon – O‘sh yo‘nalishida mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklanib, Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli “Transordo” MChJ tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobuslar qatnovlarni amalga oshirishni boshladi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>
Bu yo‘nalishdagi qatnovlar 2019-yil 25-sentabr sanasidan yo‘lga qo‘yilgan edi. 2020-yilda respublika hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgandi.
Davlat chegaralarini kesib o‘tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O‘zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lishi talab etiladi.