Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrif buyuradi

Sputnik
TOShKENT, 31-may — Sputnik. 1-2 iyun kunlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga tashrif buyuradi. Bu haqda uning matbuot kotibi Sherzod Asadov brifing davomida ma’lum qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“1-2 iyun kunlari davlat rahbarimizning Surxondaryo viloyatiga tashrifi rejalashtirilgan”, - dedi Asadov.
Prezidentning viloyatda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, yirik loyihalar bilan tanishishi kutilmoqda.