TOShKENT, 31-may — Sputnik. Samarqandda to‘yda Tojikiston estrada yulduzi Shabnam Surayyo Yulduz Usmonova bilan birgalikda duet qo‘shik quyladi. Bu chiqish aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Internet foydalanuvchilari yana bir videoga e’tibor qaratishdi. Unda Shabnam Surayyo O‘zbekistonning taniqli xonandalari Munisa Rizayeva va Sherali Jo‘rayevning o‘g‘li – Zohirshoh davrasida.
Videoda Shabnam ona tilida “O‘zbekistonga hush kelibsiz” deydi.