TOShKENT, 31-may — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida boks bo‘yicha Osiyo chempionatining ayollar o‘rtasida final bellashuvlari o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar qildi.
Finalda 6 nafar O‘zbekiston vakilasi qit’a chempionligi uchun ringga chiqdi.
Finalchilar orasida Sitora Turdibekova (-57 kg) o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, Osiyo chempionligini qo‘lga kiritdi.
Gulasal Sultonaliyeva, Sitora Shogdarova, Navbahor Hamidova, Mavluda Mavlonova va Sohiba Ro‘zmetova esa kumush medal bilan kifoyalandi.
Shu tariqa, o‘zbekistonlik bokschilar Osiyo chempionatini 1 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza, jami 8 ta medal bilan yakunlashdi.