Toshkent ko‘chalarida “Porsche Taycan” YTHga uchradi

31 yoshli “Porsche Taycan” haydovchisi S.A. harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan. Buning oqibatida yo‘l chetidagi ariq ustiga to‘xtab qolgan.
Sputnik
TOShKENT, 30-may — Sputnik. IIV YXHBB poytaxtda yo‘l-transport hodisasiga uchragan “Porsche Taycan” yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida ro‘y bergan. 31 yoshli “Porsche Taycan” haydovchisi S.A. harakatlanayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi ariq ustiga to‘xtab qolgan.
Hodisa natijasida hech kim jarohatlanmagan.
Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB surishtiruv harakatlarini olib bormoqda.