Rossiya va Belarus prezidentlari Vladimir Putin va Aleksandr Lukashenko 29-may kuni Qora dengizda dengiz sayriga chiqdi.
Sochida Rossiya va Belarus yetakchilarining 2 kunlik muzokaralari yakunlandi.
Lukashenko kichik o‘g‘li Nikolay bilan kemada Qora dengizga suzib keldi, u yerda ularni Rossiya rahbari kutib oldi. Putin ularga yaxtani ko‘rsatib, tushlikka taklif qildi.
Putin va Lukashenko sayr vaqtida dengizda suzayotgan delfinlarni kuzatishdi va suhbatlashishdi.