TOShKENT, 30-may — Sputnik. Kecha O‘zbekistonda yana 280 kishida koronavirus aniqlandi. Jami kasallanganlar soni 100 124 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kecha eng ko‘p kasallanganlar Toshkent shahri (127), Toshkent (46) va Samarqand (40) viloyatlarida aniqlangan. Qolgan hududlarda 2 tadan 13 taga yangi kasallanish holati qayd etilgan.
Mamlakatda sog‘ayganlar 95 786 (+257) nafarga yetgan va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Kecha yana ikki bemor vafot etib, qurbonlar soni 690 nafarga yetgan.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3648 nafar bemor davolanmoqda.