Internet tezligi “-gacha” qo‘shimchasisiz ko‘rsatiladi – “O‘zkomnazorat”

2021 yil 1-iyundan internet tezligi uchun belgilangan “- gacha” qo‘shimchalari o‘rniga aniq va tushunarli ma’lumot berish talab qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 30-may — Sputnik. “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi internet tarif rejalari va xizmatlarini taqdim etishda "-gacha" qo‘shimchalaridan foydalanish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar qilmoqda.
“2021 yil 1-iyundan boshlab tarif rejalari va xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarda internet tezligi uchun belgilangan “-gacha” (“do...”) qo‘shimchalari o‘rniga aniq va tushunarli ma’lumot berish bo‘yicha ko‘rsatma berildi", — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bu internet va telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi operator va provayderlar hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlarga telekommunikatsiya xizmatlarini uzluksiz, sifatli va shartnomalarda belgilangan hajmda (tezlikda) ko‘rsatish maqsadida amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda internet qimmatmi - AKT vazirligi izoh berdi