TOShKENT, 30-may — Sputnik. Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi “Sputnik V”ning sertifikatlash jarayonini tezlashtirishi lozim. Bu haqda german federal yeri Bavariya bosh vaziri Markus Zoder ma’lum qildi, deb yozadi “Bild am Sonntag” gazetasi.
“Emlash sur’atlarini susaytirmaslik kerak. Avvalo, “Sputnik V” atrofidagi jarayonni (YeIda ro‘yxatga olish) tezlashtirmoq zarur”, - dedi siyosatchi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu jarayonni g‘oyaviy sabablarga paysalga solish kerak emas.
Rossiya vaksinasi YeMA tomonidan ma’qullansa, Bavariya uning 2,5 million dozasini olishni kutapti.
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan allaqachon 66 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. Nufuzli “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.