TOShKENT, 29-may — Sputnik. O‘zbekiston va Rossiya "Sputnik V" vaksinasini respublikada ishlab chiqarishga kelishib oldi. Preparatni ishlab chiqarish uchun maydon tanlab olingan, dedi RIA Novostiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri Mixail Murashko.
Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Vladimirovich Putin va O‘zbekiston prezidenti bergan topshirig‘i doirasida "Sputnik V"ni (respublikada) ishlab chiqarishga kelishib oldik
Mixail Murashko, Rossiya Federatsiyasi sog‘liqni saqlash vaziri
Eslatib o‘tamiz, Rossiya vaksinasining birinchi partiyasi O‘zbekistonga 23-aprel kuni yetkazib berilgan edi. "Sputnik V"ning ikkinchi komponenti (50 ming doza) Toshkentga 27-aprel kuni olib kelingan. Ushbu preparat bilan poytaxtda vaksinalash ishlari 28-apreldan start olgan edi. Birinchi navbatda yoshi 65 dan yuqori bo‘lgan insonlar ushbu preparat bilan emlandi.