TOShKENT, 29-may - Sputnik. Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining "Toshkent-Navoiy" yo‘nalishida Isuzu yuk mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar berdi Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatii.
"Samarqand shahri hududidan o‘tuvchi M-37A avtomobil yo‘lining harakatlanib kelayotgan "Isuzu" rusumli yuk avtomobilining haydovchisi uxlab qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib, Zarafshon darosining qirg‘og‘iga ag‘darilib ketgan", - deyiladi xabarda.
Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.