O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 100 mingga yaqinlashdi

Kecha mamlakatning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi
Sputnik
TOShKENT, 29-may - Sputnik. 2021 yil 28-may holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 99844 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari (264 nafar kishi) O‘zbekistonning barcha hududlarida (eng ko‘pi Toshkent shahrida) aniqlangan.
Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 5 milliondan oshib ketdi
Shu bilan birga kasallikdan sog‘ayganlar jami 95529 (+279) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 688 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3627 nafar bemor davolanmoqda.