TOShKENT, 29-may - Sputnik. Xitoy yetakchisi Si Szinpin XXR yaqin 10-15 yilda AQShni bosib olishiga ishonadi, bu haqda amerika yetakchisi Jo Bayden amerikalik harbiylar bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Qo‘shma Shtatlar prezidentining Virjiniya shtatida birlashgan bazada so‘zlagan nutqidan Oq uy iqtibos keltirgan.
Bayden bu gapni "demokratiyalar va avtokratiyalar o‘rtasidagi kurash haqida" gapirganda aytgan.
Baydenning aytishicha, u xitoy yetakchisi bilan davomiyligi 24 soatni tashkil etgan uchrashuvlarni o‘tkazgan.
"U avtokratiyalar tezkor qaror qabul qilishiga va shunday ekan, Xitoy 30-35 yilgacha Amerikani egallab olishiga ishonadi", - dedi AQSh prezidenti.
Bunga qadar AQSh Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari Ketlin Xiks Pentagon Xitoy bilan qurolli to‘qnashuv muqarrarligiga ishonishini ma’lum qilgan edi.