Qozog‘istonda Chevrolet Equinox sotish boshlandi

Qozog‘istonda yangi Chevrolet Equinox krossoverini sotish boshlandi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. 25 mayda Qozog‘istonda yangi Chevrolet Equinox krossoverini sotish boshlandi. Avtomobillar Kostanay shahridagi “SariarkaAvtoProm” zavodida ishlab chiqarilgan.
Qozog‘istonda avtomobil RS komplektatsiyada sotuvga chiqarilgan.
Chevrolet Equinox Qozog‘iston bozorida uchta rangda: oq, kulrang va qora ranglarda, avtomobil narxi - 13 490 000 qozoq tangasi (31,4 ming dollar).
Chevrolet avtomobil brendini distributsiyasi 2020-yil may oyidan beri AllurGroup tarkibiga kiradi. O‘tgan yilning mart oyida Kostanay shahrida Chevrolet avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yildi.
Yangilangan Chevrolet Equinox va Tracker narxi e’lon qilindi
2020 yil may oyidan boshlab Chevrolet mamlakatdagi eng tez rivojlanayotgan brendga aylandi va 2020-yilda Qozog‘istondagi eng ommabop brendlar qatoriga kirdi, jami 13 892 dona Chevrolet va Ravon avtomobillari sotildi.
Zavodda 19 045 dona Chevrolet va Ravon avtomobillari ishlab chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, mart oxirida UZAUTO MOTORS yangilangan Chevrolet Equinox narxi 260 million so‘mdan boshlanishi ma’lum qilingandi (narxlar QQSsiz).
Keyinchalik aprel oyida avtokompaniya avtomobillari narxi nega oshganiga izoh bergandi.
Sputnik O‘zbekiston Telegram kanali – obuna bo‘ling, o‘qing, izoh qoldiring!>>