TOShKENT, 28-may - Sputnik. Qashqadaryo yaylovlarida zararli chigirtkalarga qarshi kurashish tadbirlari boshlandi, deb xabar qilmoqda hokimiyat matbuot xizmati.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, viloyatning qo‘shni respublikaga chegaradosh bo‘lgan Dehqonobod tumanidaga Xujapalas qishlog‘i yaylovlariga, shuningdek, G‘uzor tumani (Taxam, Janqara, Kengsoy) yaylovlariga Turkmanistondan zararli marokash chigirtkalarining katta to‘dalari uchib o‘tayotgani aniqlangan.
Obrabotka poley protiv nasekomix v Kashkadarye
© Xokimiyat kashkadarbiskov
Ushbu hududlarda tezkorlik bilan maxsus otradlar tuzilib, ularga 74 turdagi ishlov tadbirlarini amalga oshirish texnikalari jalb etilib, zararli chigirtkalarga qarshi samarali kimoviy ishlovlar o‘tkazish ishlari boshlab yuborilgan. Shuningdek, 24 soat ishlaydigan maxsus shtab tashkil etilgan.
2021 yilda Qashqadaryo viloyatida chigirtkalarga qarshi 140 ming gektar maydonga kimoviy ishlovlar o‘tkazilishi bashorat qilingan bo‘lib, shundan, G‘uzor, Dehqonobod, Qamashi, Nishon, Mirishkor, Chiroqchi va Shahrisabz tumanlari yaylovlarida 88,5 ming gektar maydonda kimoviy ishlovlar berish yakunlandi.
Obrabotka poley protiv nasekomix v Kashkadarye
© Xokimiyat kashkadarbiskov
Ishchi guruh rahbari Zoyir Mirzayev “O‘zagrokimohimoya” AJ chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurashish xizmati Qashqadaryo filiali boshlig‘i G‘ayrat Jo‘rayev bilan muloqot qilib, zararli chigirtkalarga qarshi kurashish ishlari uchun zaruriy qo‘shimcha mablag‘larni ajratishini bildirdi.
Ushbu mablag‘lar yana 20 ming gektar yaylovlarga ishlov tadbirlari olib borish uchun kimoviy vositalar, yoqilg‘i va texnikalar uchun ehtiyot qismlar xarid qilishga sarflanadi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 10-iyunga qadar ushbu zararli chigirtkalarga qarshi samarali ishlar amalga oshirilib, boshqa viloyatlarga kirib bormasidan yo‘q qilinishiga erishiladi.