Pandemiya migrantlarning barcha toifalari Rossiya uchun muhimligini ko‘rsatdi: ishchilar, talabalar, madaniyat arboblari. Ammo chet elliklarning o‘zlari uchun RF xavfsiz ishlash va yashash sharoitlari zarur.
Global lokdaundan keyin migratsiya oqimini qanday tiklash mumkin va qonunchilikka qanday o‘zgartirishlar taklif qilinmoqda - bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi millatlararo munosabatlar kengashi a’zosi, Rossiya IIV huzuridagi Jamoatchilik kengashi a’zosi, sobiq vazir o‘rinbosari va Federal migratsiya xizmati faxriy xodimi Vladimir Aleksandrovich Volox o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Chet elliklar uchun 3ta rejim - u qanday ishlaydi?
Rossiya Ichki ishlar vazirligi migratsiya hisobini solishning yangi tartibini ishlab chiqdi, u Rossiyadagi chet elliklar uchun 3ta maqomni nazarda tutadi: qisqa muddatli (90 kungacha), uzoq muddatli (kalendar yil davomida 90 kundan boshlab, ammo doimiy yashash (PMJ) ruxsatnomasini rasmiylashtirmasdan) va Rossiya Federatsiyasida doimiy bo‘lish.
"Asosiy fikr - Rossiyaga kelgan barcha chet el fuqarolarini hisobini unifikatsiyalashtirish. Agar birinchi toifaga, mehmonga yoki xizmat safari bilan kelganlar nazarda tutilgan mumkin bo‘lsa, ikkinchisi mehnat migrantlariga ko‘proq mos keladi, uchinchisi esa - talabalar, doimiy ishchilar yoki Rossiyada oilasi bo‘lgan va kelajakda fuqaroligini olishni rejalashtirayotganlar to‘g‘ri keladi. Hozircha takliflar muhokama qilinmoqda, ehtimol Davlat Dumasi deputatlari yoki jamoat tashkilotlaridan tuzatishlar kiritilishi mumkin", - deb tushuntirdi Vladimir Volox.
Tashkillashtirilgan tanlov haqida
Rossiya O‘zbekiston va Tojikiston bilan tashkillashtirilgan tanlov asosiga ishga yollash bo‘yicha bitimlar tuzdi. Bu mexanizm chet ellik ishchilarni firibgarlar va insofsiz ish beruvchilarining aldovlaridan himoya qilish uchun ishlab chiqildi. Biroq, yana bir muhim narsa paydo bo‘ladi – kelayotgan migrantlarning intizomi va qoidalarga rioya qilishi.
"Afsuski, shunday holatlar borki, ular kamdan-kam uchraydi, migrant “orgnabor”dan RF hududiga kirish uchun vosita sifatida foydalanadi, keyin esa darhol ish joyini o‘zgartirishga harakat qiladi. Albatta, bizda qullik yo‘q va har kim o‘zi ishlashni istagan joyini tanlash huquqiga ega, ammo mehmon shartnoma shartlariga rioya qilishi kerak: uni taklif qilgan, yo‘l va turar joy harajatlarini to‘lagan ish beruvchida kamida bir yil ishlab berish. Bu mantiqiy va adolatli yondashuv. Bu masalada, albatta, fuqarolar bilan ishlash zarur", - deya ta’kidladi ekspert.
Mamlakatlar, xususan, O‘zbekiston o‘z fuqarolarini tashkillashtirilgan holda ishga jalb qilishda juda yaxshi yordam berishmoqda: malaka oshirish, hujjatlarni rasmiylashtirish va ish beruvchilar bilan uchrashuvlarni tashkil qilishda rossiyalik hamkasblar bilan yaqin aloqada bo‘lishadi. Biroq, Rossiya ham bu masalada faol bo‘lishi kerak, deydi Vladimir Volox.
Rossiyada migrantlar o‘rnini kimlar bosishi mumkin?
Koronavirus pandemiyasi barcha davlatlar iqtisodiyotiga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Bu, ayniqsa, mehnat bozoriga zarba berdi: chegaralar yopilishi sababli sanoat korxonalari ishchilarsiz qoldi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasida uy-joy sektori, qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalari eng ko‘p ish kuchining yetishmasligi kuzatilmoqda.
Iqtisodiyotning ayrim sohalariga mahbuslarni majburiy mehnatga jalb qilish haqida takliflar berilmoqda. Mutaxassisning fikriga ko‘ra, bu yondashuv global miqyosda u kadrlar yetishmasligi muammosini hal qilmaydi.
“Birinchidan, raqamlarni taqqoslab bo‘lmaydi. FSIN 2,5 million ketgan migrantlarni qamoqxonalarda jazo o‘tayotgan atigi 180 ming kishini ish bilan ta’minlashga tayyor. Bu dengizdan bir tomchi bo‘ladi. Ikkinchidan, ushbu yondashuvni amalga oshirish uchun katta moliyaviy va tashkiliy xarajatlar talab etiladi - infratuzilma, ish joylari, bunday ishchilarni hisobini yuritish organlari, moliyalashtirish. Uchinchidan, aholi va ishchilarning xavfsizligi masalalari. Bu yerda barcha holatlarni hisobga olish juda muhimdir”, - deydi Volox.
Pilot loyiha sifatida ekspert bunday kam sonli ishchi guruhlarini tashkil qilish -mamlakat bo‘ylab atigi 3-5 ming kishi, bu qanchalik samarali ekanligini tahlil qilgandan so‘ng keng miqyosda qo‘llash masalasini ko‘rib chiqishni taklif qildi.
Rossiyada mehnat migratsiyasi sohasidagi taklif qilinayotgan o‘zgarishlar to‘g‘risida batafsil - Sputnik O‘zbekiston videointervyusida tanishingiz mumkin.