Daroga kanalizatsiya suvlarini oqizgan fuqaro jarimaga tortildi

Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga “Surxondaryo viloyatida oqar suvga kanalizatsiya suvlari oqizayotganligi aks etgan” videomurojaat kelib tushdi.
Sputnik
TOShKENT, 28-may — Sputnik. O‘tgan haftada Sputnik O‘zbekiston tahririyatiga “Surxondaryo viloyatida oqar suvga kanalizatsiya suvlari oqizayotganligi aks etgan” videomurojaat kelib tushdi. Ushbu material Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga yuborildi.
Denov tuman inspeksiyasi xodimlari o‘tkazgan tekshiruvga ko‘ra, 21-may kuni Denov tumanida “Namuna” mahallasida yashovchi fuqaro M.E tomonidan boshqaruvida bo‘lgan maxsus transporti yordamida mahalla hudududa joylashgan jome masjididan chiqqan chiqindi suvlarni Denov tumandan oqib o‘tuvchi Sangardak darosi qirg‘og‘iga joylashtirganligi aniqlandi.
Huquqbuzar M.E.ga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, MJtKning 72-moddasi 1-qismi bilan ba’zaviy hisoblash miqdorining 4 baravar miqdorida jarimaga tortildi.