TOShKENT, 28-may — Sputnik. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi Minsk shahriga tashrif buyurdi.
Dastlab, delegatsiyalar rahbarlari Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukashenko qabulida bo‘ldi.
Vstrecha Lukashenko s glavami pravitelstv SNG
© Press-slujba prezidenta Belarusi
Uchrashuvda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishda mazkur formatdagi muloqot muhim ahamiyatga egaligi takidlandi.
Shundan so‘ng, delegatsiyalar rahbarlari Belarus poytaxtidagi G‘alaba monumentiga gulchambar qo‘ydi.