TOShKENT, 27-may — Sputnik. Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati tomonidan olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib, kelgusi besh yilda kamida bir yil rekord darajada issiq bo‘lishi mumkin, deb ma’lumot berdi Jahon meteorologiya tashkiloti (VMO).
Tadqiqotga ko‘ra, "kuzatuvlarning butun tarixida 2021-2025 yillarda kamida bir yil 90 foiz ehtimollik bilan eng issiq bo‘lishi mumkin" deyilgan BMT saytida.
Eng issiq yilda harorat 2016-yil ko‘rsatkichlaridan oshib ketadi. Ta’kidlanishicha, o‘rtacha yillik global harorat 1,5 daraja Selsiyga ko‘tariladi.
"Haroratning ko‘tarilishi muzning ko‘proq erishi, dengiz sathining ko‘tarilishi, issiqning ko‘payishi va boshqa ekstremal ob-havo sharoitlarini anglatadi va oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘liqni saqlash, atrof-muhit va barqaror rivojlanishga katta ta’sir ko‘rsatadi", - deydi tashkilot bosh kotibi Petteri Taalasa.