Qizil Xoch Rossiyadan “Sputnik V” vaksinasini so‘radi

Rossiyaga hukumatiga beg‘araz asosda “Sputnik V” vaksinasini taqdim etish to‘g‘risidagi so‘nggi murojaat Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlaridan kelib tushgan.
Sputnik
TOShKENT, 27-may — Sputnik. Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlari Rossiyaga koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini yetkazib berish iltimosi bilan murojaat qildi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
“Rossiyaga hukumatiga so‘nggi murojaat (beg‘araz asosda “Sputnik V” vaksinasini taqdim etish to‘g‘risida) Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim oy jamiyatlaridan kelib tushdi”, - dedi u brifing davomida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti o‘z xodimlarini Rossiyaning koronavirusga qarshi“Sputnik V” vaksinasidan foydalanishga ruxsat berilgan mamlakatlarda u bilan emlanishga chaqirgan edi.
BMT Bosh kotibi BSSTni "Sputnik V" vaksinasini tan olishga chaqirdi
Rossiyaning koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasidan allaqachon 66 ta mamlakatda foydalanishga ruxsat berilgan. Bu mamlakatlarning umumiy aholisi 3,2 milliarddan ziyod kishini tashkil etadi. Nufuzli “Lancet” xalqaro ilmiy jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, vaksinaning samaradorligi 91 foizdan yuqoriroq. Bu bugungi kunda eng yuqori ko‘rsatgichlardan biri sanaladi.