TOShKENT, 27-may — Sputnik. 26-may kuni Misrning “Fly Egypt” aviakompaniyasiga qarashli Boeing 737 samolyoti Toshkent shahridan uchib ketishda qoidaga xilof ravishda shahar uzra qayrilib olishni amalga oshirdi. Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Transport vazirligi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Toshkent – Qohira yo‘nalishida harakatlanayotgan “Fly Egypt” havo kemasi ekipaji Toshkent aeroportidan parvozni amalga oshirish jarayonida noto‘g‘ri manyovrni amalga oshirgan.
Hozirda aviahodisa tekshiruvini o‘tkazish yuzasidan komissiya tuzilgan. Komissiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.