TOShKENT, 27-iyun – Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi Hukumat rahbarlari Kengashining navbatdagi uchrashuvi 28-may kuni Minskda bo‘lib o‘tadi.
Tor doirada bo‘lib o‘tadigan uchrashuvda MDH doirasida iqtisodiy hamkorlik, yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish, MDH hududini sanitar qo‘riqlash masalalari hamda aholi bandligi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek qalbaki tovar belgilaridan himoyalanish, jug‘rofiy ko‘rsatgichlar, hayvonlarda oqsim (yashur) kasalligining oldini olish, geodeziya, kartografiya, kadastr hamda Yerni masofaviy zondlashga doir shartnoma va kelishuvlar imzolanadi.
Undan tashqari MDH davlatlarida davlat rezervlarini boshqaruvchi organlarning 2030-yilga qadar mo‘ljallangan hamkorlik rejasi belgilab olinadi.
Shu bilan birga hamda qurolli kuchlar ofitserlarini operativ-strategik tayyorlash masalalari ham kelishib olinadi.