Xokkaydo yaqinida Rossiya va Yaponiya kemalari to‘qnashib ketdi, qurbonlar bor

Rossiya yuk tashuvchi kemasi va Yaponiya kichik baliqchi kemasi to‘qnashuvi oqibatida 3 kishi qurbon bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Yaponiyaning Xokkaydo oroli yaqinida Rossiya yuk tashuvchi va Yaponiyaning baliq ovlovchi kemalari to‘qnashib ketdi.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Rossiyaning "Amur" yuk tashuvchi kemasi Yaponiyaning "Day-xati Xoko-maru" kichik baliqchi kemasi bilan to‘qnashuvi oqibatida Yaponiya kemasi suvga cho‘kib ketgan, uning ekipaj a’zolaridagn 3 kishi qurbon bo‘lgan, 5 kishi Rossiya kemasi dengizchilari yordamida qutqarib olingan.
Rossiyaning Sapporo shahridagi konsuli Sergey Marin xabar qilishiga ko‘ra, to‘qnashuv Mombetsu shahri portidan 23 km masofada, Yaponiya suvlarida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvga qalin tuman sabab bo‘lgan.
Ayni damda Rossiya kemasi Mombetsu shahar portiga ketishda davom etmoqda.